← Yangiliklar

Reys bo‘yicha to‘lov va 11.11 kuponidan foydalanish

19.11.2026

Reysni tanlang, barcha yoki alohida yuklarni belgilang. 11% kupon faqat IM-R6 uchun; eski reyslarda aksiya ishlamaydi.

To‘lov endi reys bo‘yicha: Hisobim → Reys bo‘yicha to‘lov → kerakli reysni oching.

Reys ichida «Barcha treklar»ni bosing yoki to‘lamoqchi bo‘lgan yuklaringizni alohida belgilang. Keyin davom etib, to‘lov chekini yuboring.

11.11 aksiyasi faqat IM-R6 uchun. Shu reysdagi jami yuk vazningiz 1 kg dan oshsa (masalan, 1,1 kg), 11% chegirma kuponini tanlashingiz mumkin. Alohida yuklarni tanlash chegirmani yana qayta hisoblamaydi.

DIQQAT: eski reyslarni yoki IM-R6 dan boshqa reysni tanlasangiz, 11.11 aksiyasi ishlamaydi. IM-R6 to‘loviga eski reyslarning qarzlari qo‘shilmaydi.

Asl narx ustidan chiziq tortiladi, aksiya narxi Mini App’da to‘q sariq, qolgan to‘lov qizil ko‘rinadi. Telegram xabarida 🟠 va 🔴 belgilar ishlatiladi. Qisman to‘langan pul hisobdan ayriladi; chegirma bir marta qo‘llanadi. Bu qo‘shimcha cashback emas.

Pul o‘tkazgan bo‘lsangiz, qayta to‘lamang — chekni yuboring. Mas’ul tasdiqlagach, faqat tanlangan yuklar to‘lovi yangilanadi.

Boshqa yangiliklar

🚚 6-reys 16–17-noyabrda yo‘lga chiqadi

IM-R6 reysining jo‘nashi 2026-yil 16–17-noyabrga rejalashtirilgan.

Batafsil →

📦 1- va 2-reys yuklari tarqatildi

IM-R1 va IM-R2 reyslari O‘zbekistonga yetib keldi va yuklar tarqatildi.

Batafsil →

🎉 11.11 aksiyasi: 6-reysda 11% chegirma!

IM-R6 reysida jami yukingiz 1 kgdan oshsa, tashish haqiga 11% chegirma.

Batafsil →